• Main
  • MHXS muvofiq moliyaviy hisobotlar

MHXS muvofiq moliyaviy hisobotlar

Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) va ularni qo’llash

Gap allaqachon ishlab chiqilgan va amalda qabul qilingan buxgalteriya hisobi standartlari, majburiy operatsiyalarning aniq ro’yxati va korxonaning yakuniy hisobotlarida aks ettirilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar haqida ketmoqda. Kompaniyalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishga qo’yiladigan xalqaro talablar maxsus tashkil etilgan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari kengashi tomonidan shakllantiriladi. Agar kompaniya xalqaro bozorda ish olib boradigan bo’lsa, MHXS masalalarida FCHAIN mutaxassislarining yordami zarur.

Ushbu standartni qo’llashning asosiy maqsadi moliya, biznes va qarorlar dunyosining barqarorligi va maksimal darajada oshkoraligini qo’llab-quvvatlashdir. Faqat shunday holatda kompaniya o’zining rivojlanishi va kengayishini namoyish etib, investorlarning e’tiborini jalb qila oladi. Bu, ayniqsa,Yevropa Ittifoqi, Osiyo va Janubiy Amerika uchun dolzarb masaladir. O’zbekiston ham bular qatorida. MHXS talablariga muvofiqlik raqobatchilar uchun kuchli asosdir, chunki investorlar uchun bu ko’rsatgich ko’pincha tanlovning to’g’riligini kafolatlaydigan hal qiluvchi mezon hisoblanadi.

FCHAIN kompaniyasidan O’zbekistonda MHXSning muhim tafsilotlari

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muntazam ravishda yangi talablar bilan to’ldirilib boriladi, shuning uchun barcha qarorlarni o’z vaqtida kuzatib borishingiz va iloji boricha tezroq o’z kompaniyangizda qo’llashingiz kerak. Bunday hajmdagi vazifa va majburiyatlarni faqat tajribali mutaxassisgina bajara oladi. Bu talablarni muntazam ravishda o’rganishdan tashqari, O’zbekistonda mavjud qonun loyihalariga rioya qilish ham juda muhimdir. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va buxgalteriya hisobotini yuritish barcha talablarga javob berishi kerak.

Professionallarning yordami xalqaro darajaga chiqishni rejalashtirgan kompaniyalar uchun ham zarurdir. Butun bo’limning ishini birlashtirish ko’plab nyuanslardan iborat, masalan, kompaniyaning moliyaviy balansini batafsil tekshirish kompaniyaning odatdagi ish tizimidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, ammo bu o’tish uchun majburiy talabdir. O’zbekistondagi MHXS standartlari chet ellik biznes egalariga aniq moliyaviy natijalar berishni istagan rahbarlar uchun juda muhimdir. Masalan, kassa usuli bo’yicha va daromadniqo’shib hisoblash usulida hisobotga turli xil raqamlarda ishlov beriladi va bu ikkita hisobotni taqqoslay olmaysiz. Qaysi filial yaxshiroq ishlashini faqat qabul qilingan xalqaro standartlarga mos keladigan hisobotlar orqali bilib olish mumkin. MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot kompaniyaning ishonchliligi va barcha qonuniy talablarga qat’iy rioya qilgan holda halol shaffof biznes yuritilishini tasdiqlaydi.
MHXSga muvofiqlikning asosiy mezonlari quyidagilar:

  • asosiy vositalarni hisobga olish;
  • O’zbekiston qonunchiligiga muvofiq daromad solig’ini hisoblash;
  • korxonaning oraliq moliyaviy hisobotini shakllantirish;
  • pul mablag’larning oqimi;
  • Investitsion mulklar.

FCHAIN jamoasining yordami faqatgina texnik nyuanslarni yechish va zarur dasturlarni amalga oshirish bilan cheklanib qolmaydi. Mutaxassislarni o’qitish, kompaniya daromadliligining yangi ko’rsatkichlarini hisoblashni o’rganishga ham tegishli. Bunda natija farq qilishi mumkin va har doim ham yaxshi tomonga emas.

O’zbekistonda MHXSga o’tishning nyuanslari va muammolari

O’zbekistonda MHXSga o’tishning muammoligi xalqaro talablar va mamlakatning qonunlarining nomuvofiqligi bilan bog’liq. Faqatgina tajribali mutaxassislar vaziyatni yetarli darajada baholab, barcha muammolarni to’g’ri hal qila oladilar. Axir, har qanday qarorning xatarlari bor, ya’ni har qanday shartnoma va hujjatlarni imzolashdan oldin ularni yaxshilab sinchkovlik bilan tekshirish kerak.

O’zbekistonda MHXS ni amalda qo’llashning eng jiddiy muammolaridan biri xalqaro talablarning mahalliy tilga aniq tarjima qilinishidir. Jarayon qo’shimcha tushuntirishlar va aniqliklar kiritish bilan kechadi. Kerakli tuzatishlar ko’p vaqt va mehnat resurslarini talab qiladi, bu esa kechikish xavfi va qo’shimcha xarajatlar mavjudligini anglatadi. Hisob-kitoblarning har biri iqtisodiy tarkibga ega, shu bilan birga u qo’shimcha huquqiy yordamni talab qilishi mumkin. Agar xalqaro talablarga muvofiq har qanday pul o’tkazmasi allaqachon tasdiqlangan bo’lsa,unda mahalliy soliq idorasida hujjatli tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
MHXS ni O’zbekiston hududidagi kompaniyalarda joriy etishning nyuanslari orasida quyidagilar mavjud:

  • xalqaro talablar mamlakatning urf-odatlari va milliy xususiyatlariga mos kelmasligi;
  • Iqtisodiy rivojlanish darajasidagi jiddiy farqlanishlar;
  • shtatdagi mutaxassislarning yetarlicha malakasi yo’qligi;
  • Ishlatilgan atamalar va uning tarjimasini tushunishda qiyinchiliklar;
  • O’zbekistonning amaldagi huquqiy normalari va MHXS tamoyillari o’rtasidagi tafovut.

MHXS talablarini amalda qo’llash muvozanatli va iqtisodiy jihatdan samarali bo’lishi kerak. Xalqaro bozorga chiqish va chet el investorlarini jalb qilish imkoniyati qanchalik kattaligini faqat haqiqiy mutaxassis aniqlay oladi. Aynan shu sababli, FCHAIN jamoasining auditorlik standartlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro printsiplarini amalga oshirishdagi yordami, O’zbekistondagi ishbilarmonlar orasida dolzarbdir. Bundan tashqari, barcha xizmatlar uyg’unlik bilan taqdim etiladi, ya’ni iqtisodiy foyda vakolatli huquqiy himoya va moliyachilarning puxta tashkil etilgan ishi bilan birga olib boriladi.

Konsultatsiya

Bizga yozing yoki eng yaqin ofisni toping