Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) va ularni qo’llash
Gap allaqachon ishlab chiqilgan va amalda qabul qilingan buxgalteriya hisobi standartlari, majburiy operatsiyalarning aniq ro’yxati va korxonaning yakuniy hisobotlarida aks ettirilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar haqida ketmoqda. Kompaniyalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishga qo’yiladigan xalqaro talablar maxsus tashkil etilgan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari kengashi tomonidan shakllantiriladi. Agar kompaniya xalqaro bozorda ish olib boradigan bo’lsa, MHXS masalalarida FCHAIN mutaxassislarining yordami zarur.
Ushbu standartni qo’llashning asosiy maqsadi moliya, biznes va qarorlar dunyosining barqarorligi va maksimal darajada oshkoraligini qo’llab-quvvatlashdir. Faqat shunday holatda kompaniya o’zining rivojlanishi va kengayishini namoyish etib, investorlarning e’tiborini jalb qila oladi. Bu, ayniqsa,Yevropa Ittifoqi, Osiyo va Janubiy Amerika uchun dolzarb masaladir. O’zbekiston ham bular qatorida. MHXS talablariga muvofiqlik raqobatchilar uchun kuchli asosdir, chunki investorlar uchun bu ko’rsatgich ko’pincha tanlovning to’g’riligini kafolatlaydigan hal qiluvchi mezon hisoblanadi.