Восстановление бухгалтерского учета - Financial Chain Corporation
career

Buxgalteriya hisobotini tiklash

Kompaniya faoliyati bilan bog’liq jarimalar va sanktsiyalarning mavjudligi ko’pincha xodimlarning ishidagi xatolar tufayli yuzaga keladi. Bunday vaziyatlarda barcha hisoblangan jarimalar va korxona faoliyatiga qo’yilgan taqiqlarni yopish bilan buxgalteriya hisobotini professional darajada va imkon qadar tezroq tiklash zarur. Muammo qanchalik jiddiy va uni hal extiyoji haqida faqat FChain mutaxassislari bilan uchrashganda muhokama qilishingiz mumkin.

O’zbekistonda buxgalteriya hisobini tiklash barcha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak, ya’ni bu muammoni ishonchli mutaxassislarga topshirish yaxshiroqdir. Shu bilan birga, individual yondashuv va qayta ishlangan ma’lumotlarning maxfiyligimi kafolatlanishi – FChain yordamchilari foydasiga to’g’ri tanlovning qo’shimcha tasdig’i hisoblanadi.

Kimda va qachon buxgalteriya hisobotini tiklash zaruriyati tug’uladi

Vaziyatni sinchkovlik bilan o’rganish va tafsilotlarni tushunish qobiliyati nafaqat tajribani, balki doimiy ravishda o’zini takomillashtirishga tayyorlikni ham talab qiladi. Buxgalteriya hisobini tiklash va jamoaning to’laqonli ishini tashkil etish uchun buxgalteriya xizmatlari quyidagilar da muhim:

  • kompaniyada o’zining moliyaviy bo’limi yoki tajribali buxgalteriga ega bo’lmasa;
  • xodimlar haddan tashqari tez-tez o’zgarib turadi, bunda ishlarni topshirish buziladi yoki umuman bo’lmaydi;
  • birlamchi hujjatlar va hisobotlarni to’ldirishda xatolar aniqlandi, to’lov topshiriqnomalari va schyot-fakturalarni ro’yxatdan o’tkazishda belgilangan tartib mavjud emas;
  • o’z mutaxassislarining malakasi yetishmasligi natijasida yillik hisobotlarni o’z vaqtida tayyorlanmaganligi va soliqlar to’lanmaganligi;
  • audit boshlanishida kompaniyaning balans ma’lumotlarida aniq belgilangan rasshifrovka (tafsilot) yo’q;
  • zarur hujjatlar va hisob-kitoblarning yo’qolishi aniqlandi;
  • Shtat bo’yicha ishlaydigan mutaxassislarning ishi litsenziyalanmagan buxgalteriya dasturlari yordamida amalga oshiriladi.

Agar ushbu jarayon ilgari kompaniya rahbariyati tomonidan nazorat qilinmagan bo’lsa, u holda O’zbekistonda tegishli faoliyatni baholash va buxgalteriya hisobini tiklash zarur bo’lishi mumkin.

Buxgalteriya hisobotini tiklash jarayonining muhim tafsilotlari

Moliya-xo’jalik faoliyatini tashkil etishni mamlakatning amaldagi qonunchiligini yaxshi biladigan, shuningdek, samarali yechimlarni izlashda ob’ektiv tahlil qilishga qodir bo’lgan mutaxassislar amalga oshirishi kerak. O’zbekistonda buxgalteriya hisobotini tiklash xizmatlarining narxi muammoning darajasiga, shuningdek talab qilinadigan ish hajmi va hisob-kitoblarga bog’liq. Qanday bo’lmasin, bu ishlash va rivojlanishni davom ettirish imkoniyatisiz, sanktsiyalar va jarimalarni mustaqil ravishda to’lashdan foydaliroqdir.

O’zbekistonda buxgalteriya hisobotini tiklash tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • muammoni o’rganish uchun FChain mutaxassislari jamoasi va mijoz bilan to’g’ridan-to’g’ri uchrashuv;
  • Buxgalteriya dasturlaridagi barcha dastlabki hujjatlar, hisobotlar va hisob ma’lumotlarini o’rganish;
  • zarur ishlarning aniq ro’yxatini va xizmat narxini belgilash;
  • yakuniy natijaga qo’yiladigan talablarni, tomonlarning har birining huquqlari va majburiyatlarini muhokama qilish;
  • shartnomani imzolash, to’lovni amalga oshirish va ishlashni boshlash.

Shaxsiy yondashuvning moslashuvchanligi mijozga kompaniyaga taqdim etiladigan xizmatlarning aniq ro’yxatini tanlash imkonini beradi, bu esa buxgalteriya maslahatlari eng maqbul va qulay narxlarda taqdim etilishini anglatadi. Ko’pgina hollarda, kompaniyaning ishini tashkil etish jarayoni barcha shartnomalar va to’lov topshiriqlarini tekshirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, yetishmayotgan ma’lumotlar va hujjatlar majburiy ravishda qayta tiklanadi (qoida tariqasida tasdiqlangan nusxalarini olish uchun siz mijozning kontragentlariga murojaat qilishga tog’ri keladi).

Agar jarimalar yopilgandan va soliq hisobi to’liq tiklanganidan so’ng, mijoz kompaniyaning yo’lga qo’tilgan jarayonni o’z yangi mutaxassisga topshirishni istamasa, FChain jamoasi eng yaxshi yechimni – buxgalteriya autsorsingini taklif qiladi. Bu holda, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat ishonchli qo’llarda bo’ladi va barcha muhim tafsilotlar o’z vaqtida va to’g’ri bajariladi.

O’zbekistonda soliq hisoboti mezonlari va o’ziga hos xususiyatlari

Soliq va boshqa nazorat organlari bilan barcha muammolarni hal qilmasdan kompaniyaning ishini yo’lga qo’yish mumkin emas. Bu nafaqat cheklovchi sanktsiyalar va jarimalarni yopish, balki biznesni yanada rivojlantirish uchun ruxsat olish uchun ham muhim. FChain mutaxassislari O’zbekistonda soliq hisobotini yuritishda ishonchlilik va xotirjamlikni kafolatlaydi. Shu bilan birga, jamoa yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ham, yirik aktsiyadorlik jamiyatlari bilan ham ishlaydi.

Agar hali hech qanday muammolar bo’lmasa, lekin o’z mutaxassislaringizni to’g’ri ishlashida shubhangiz bo’lsa, FChain-dan professional auditorlik xizmatlariga oldindan buyurtma bering va kelajakda sanktsiyalar va jarimalar ko’rinishidagi moliyaviy yo’qotishlardan saqlaning. Muammoning turiga qarab, muammolarni hal qilish advokatlar, buxgalterlar va iqtisodchilar ishtirokida har tomonlama amalga oshirilishi mumkin. Ko’rsatilgan xizmatlardan so’ng, mijoz-kompaniyaning doimiy ishlaydigan xodimlariga kelgusida ishlash uchun aniq tavsiyalar beriladi. Buxgalteriya xizmatlari to’liq taqdim etilgandan so’ng, kompaniyalar o’rtasida ish tugatilganligi to’g’risida dalolatnoma imzolanadi va foydalanilgan hujjatlarni kompaniyangiz jamoasiga qaytarib beradi.

© Copyright 2016, All Rights Reserved. Powered by Financial Chain Corporation